“Atletiko”ning kutilgan transferi amalga oshmasligi mumkin
"Chelsi" yarim himoyachisi Konor Gallaxer "Atletiko Madrid"ga o‘tmasligi mumkin. The Athletic xabariga ko‘ra, "Matraschilar" "Valensiya"dan Xavi Gerraning transferi bo‘yicha shartnoma tuzishga yaqin turibdi.
Manbaning ta’kidlashicha, "Atletiko" birdaniga ikkita yarim himoyachi bilan shartnoma imzolamasligi mumkin. Bitimlardan biri amalga oshmay qolishi xavfi bor.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq “Atletiko Madrid” Gallaxer uchun “Chelsi”ga 40 million evro to‘lashga rozi bo‘lgandi. 24 yoshli yarim himoyachi ayni damda transferini yakunlash uchun Madridga uchib ketish uchun ruxsatni kutmoqda.

Fikrlar