"Australian open-2017": Denis Istomin - Novak Jokovich to‘qnashuvini ko‘ramizmi?

CHERY AUTO

"Katta dubulg‘a" turkumiga kiruvchi eng nufuzli to‘rt turnirning dastlabkisi - Avstraliya ochiq chempionatining asosiy to‘rida ishtirok etadigan tennischilar raqiblarini bilib oldi.

Tecno
 

Yilning dastlabki eng nufuzli musobaqasida qatnashadigan O‘zbekistonning birinchi raqamli tennischi Denis Istomin ilk uchrashuvini saralashdan muvaffaqiyatli o‘tgan raketka ustasiga qarshi o‘tkazadi.

Bizni qiziqtiradigan tomoni shundaki, hamyurtimiz agar birinchi o‘yinda zafar quchsa, keyingi davrada jahonning ikkinchi raqamli tennischisi serbiyalik Novak Jokovichga ro‘baro‘ keladi. Chunki Novakning mahorati va tajribasini inobatga olsak, serbiyalik raketka ustasi birinchi raundda ispaniyalik Fernando Verdaskoni mag‘lub etish imkoniyati juda katta.

Denis Istomin va Novak Jokovich Avstraliya ochiq chempionatini g‘alaba bilan boshlagan taqdirda ushbu turnir tarixida uchinchi marotaba o‘zaro to‘qnash keladi. Har ikki tennischi 2010 va 2014 yillardagi musobaqada kuch sinashgan.

Umuman olgarda, Denis Novakka qarshi besh marta kortga chiqqan. Avstraliyadan tashqari AQSh, Kanada va Birlashgan Arab Amirliklaridagi turnirlarda serbiyalik tennischi hamyurtimizni mag‘lub etishni uddalagan.

Balki bu gal Denis Istomin jahonning eng kuchli tennischilaridan birining g‘olibona yurishlarini to‘xtatar?! Buni tez kunlarda bilib olamiz.

SPORTS.uz

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!