Avctraliya bosh murabbiyi O‘zbekistonga qarshi o‘yin oldidan nimalar dedi?

  • 24 yanvar, 2020, 14:39
  • Bekzod Isayev
  • 8
  • Futbol
CHERY AUTO

U-23 Osiyo chempionati 3-o‘rin uchun uchrashuvida Avstraliya hamda O‘zbekiston olimpiya terma jamoalari o‘zaro bahs olib borishadi.

Fvstraliyaliklar ustozi Graham Arnold o‘yindan oldingi matbuot anjumanida o‘z fikrlarini bilan o‘rtoqlashdi. Bu haqda O‘FA matbuot xizmati xabar berdi.

- Yigitlar chorak final hamda Janubiy Koreyaga qarshi kechgan yarim final o‘yinidan keyin tiklanib ulgurishdi. Jamoamiz ham ruhan, ham jismonan yaxshi holatda, deya olaman. Biz oldindagi o‘yinni intiqib kutyapmiz. Musobaqaning ushbu bosqichida kuchsiz jamoa qolmagan. O‘zbekiston – juda kuchli raqib.

Biz yana bittagina o‘yinni yaxshi darajada o‘tkazishimiz kerak. Shuning o‘zi ham Olimpiada chiqish uchun etarli bo‘ladi.

Biz o‘yinga 2 xil uslubda tayyorlandik. To‘p bizda bo‘lgan holatlar uchun va yana to‘psiz vaziyatlarda qanday harakatlanish bo‘yicha hozirlik ko‘rdik. O‘zbekistonning kuchli tomonlarini yopib, kuchsiz jihatlaridan unumli foydalanishga urinamiz.

Men shu yoshdagi yigitlar bilan ham ishlashga rozilik berdim. Sababi ularni milliy terma jamoaga tayyorlab bormoqchiman. Biz – murabbiylar shtabi yigitlarning Olimpiadada ham qatnashishini istayapmiz. Zero ushbu musobaqa – muhimligi jihatidan Jahon chempionati darajasida, menimcha, - dedi murabbiy.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Кахрамонжон Сафаров
24/01/2020 15:31
Йигитлар куркувни унутиб олга босинглар Узбекистонга кушилиб жуда куп давлатдаги мухлислар сизларни куллаб турибди юзларинг ёруг булиб омад ёр булсин олга УЗБЕКИСТОН
&
DJ UZBEKISTAN
24/01/2020 18:59
Janob murubbiy ko'pam katta gapirmang... Uzb yomon solyaradi orqalaringdan!
&
Фк сурхон
24/01/2020 15:51
Йигитларда айп йӯқ хамма айп ақилсиз мураббийда енди мураббийга қулоқ солмай борларини бериш керак олға ӯзбекистон
Абдусамат Жураев
24/01/2020 15:50
НИМА ДЕЯПСАН КИНГУРУ СОЧАМИЗ БОРУ ИККИ ХИЛМИ УЧ ХИЛММ ПОХУЙ БИЗИ БОЛАГА ТУШИНДИНГМИ ШЕВАСНЕГР АРНОЛД ДАМИНГИ ОЛСАНУ
&
Ramzis ll
24/01/2020 15:34
Avstraliyani yoshlari unchalik kuchli bo'lmagan, qaysidir yoshdagi termamiz ularni yirik hisobda yutgan, milliy termasi kuchli xolos, yigitlar astoydil bo'lsa yutish mumkin.
&
Rustam Azamjonov
24/01/2020 14:58
Olg‘a O'ZBEKISTON
&
Hikmatov S
24/01/2020 14:56
O'zbekistonga omad.
&
Hikmatov S
24/01/2020 14:56
O'zbekistonga omad.