
Avliyoxon Hamidov kanadalik raqibga qarshi jang qiladi
O‘zbekistonlik MMA jangchisi Avliyoxon Hamidov navbatdagi jangini o‘tkazadi. Raqib va jang sanasi ham ma’lum bo‘ldi. Yurtdoshimiz 15 yanvar kuni Abu-Dabi shahrida “UAE Warriors” promousheni tomonidan tashkil etiladigan jang kechasida oktagonga ko‘tariladi. Yana shuni ta’kidlab o‘tish lozimki, bu turnir UFCning engil vazn toifasidagi chempioni Habib Nurmagomedovning otasi Abdulmanap Nurmagomedov xotirasi uchun o‘tkaziladi.
Jahongir Qoraboevning shogirdi bu safar anchagina jiddiy bo‘lgan, o‘z vaqtida nufuzli promoushenlarda ham jang o‘tkazgan, kanadalik Lui Jordeyn bilan to‘qnash keladi.
Lui faoliyati mobaynida 7 bora jang o‘tkazib, ularning 5 tasida zafar quchgan va ikki bor mag‘lubiyatga uchragan. Hamidovning rekordi esa 9 ta g‘alaba, 3 mag‘lubiyat va 1 durangdan iborat. Hamyurtimiz 4 seriyadan iborat g‘alabali yurishini davom ettirmoqda. O‘ylaymizki, u zafarli odimini davom ettiradi. Bu borada unga omad yor bo‘lishini tilab qolamiz!
Fikrlar