
"Ayaks" o‘z maydonida "Atalanta"ga imkoniyatni boy berib qo‘ydi (video)
UEFA Chempionlar ligasi guruh bosqich so‘nggi 6-turida “Ayaks” o‘z maydonida “Atalanta”ni qabul qildi.
Amsterdamdagi bellashuv 0:1 hisobida mehmonlarning g‘alabasi bilan yakunlandi. Bergamoliklarga g‘alaba keltirgan yagona golni 85-daqiqada Luis Muriel kiritdi.
Quyida ushbu uchrashuvning qisqacha videosharhini tomosha qilishingiz mumkin:
Fikrlar