"Ayaks" o‘z tarixidagi eng qimmat transferni amalga oshiradi
"Vest Xem" klubining frantsiyalik hujumchisi Sebastyan Aller faoliyatini "Ayaks"da davom ettiradi. Bu haqda jurnalist Fabritsio Romano xabar bermoqda.
Yuqoridagi manbaga ko‘ra, amsterdamliklar 26 yoshli futbolchining transferi uchun 25 mln evro to‘laydi. E’tiborlisi, Aller shu tariqa “Ayaks” tarixidagi eng qimmat transferga aylanadi.
Qizig‘i, “Vest Xem” ham Sebastyanni 2019 yil o‘zi uchun rekor hisoblangan 50 mln evroga “Ayntraxt”dan sotib olgan edi. U joriy mavsum londonliklar safida 19 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 7 ta gol hamda 1 ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.

Fikrlar