"Ayaks" tarixiy rekord ostonasida turibdi

  • 17 aprel, 2019, 08:45
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Xabaringiz bor kecha UEFA Chempionlar ligasining chorak final javob bahsi doirasida “Ayaks” safarda “Yuventus" (1:2) ustidan sensatsion tarzda g‘alaba qozondi va yarim finalga chiqdi.

Shu kuni g‘alaba goliga mualliflik qilgan 19 yoshli Matteys de Ligtning kiritgan goli amsterdamliklarning joriy mavsumdagi 155-goli bo‘ldi. E’tiborlisi, “Ayaks” shu tariqa o‘z tarixida bir mavsumda eng ko‘p gol urish bo‘yicha 2009/10 yilgi mavsumda o‘rnatgan rekordini takrorladi. Biroq, mavsum yakunigacha hali bir qancha uchrashuvlar borligini inobatga olsa, klub bu boradagi rekordini yangilashi mumkin.

Ma’lumot uchun, “Ayaks” ayni damda 74 ochko bilan Gollandiya chempionatida peshqadamlik qilmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!