
"Ayaks" yozda "Real" futbolchisini sotib olmoqchi
Amsterdamning "Ayaks" klubi yozda "Real" yarim himoyachisi Martin Edegorni sotib olmoqchi. Bu haqda De Telegraaf nashri xabar tarqatmoqda.
O‘z navbatida “qirollik klubi” ham 20 yoshli norvegiyalik futbolchisini sotib yuborishga tayyor, faqat uni 20 mln evrodan kamiga qo‘yib yuborishmoqchi emas.
Ma’lumot uchun, Edegor joriy mavsumni Gollandiyaning “Vitess” klubida ijara asosida o‘tkazmoqda. U bu mavsum 33ta o‘yinda maydonga tushdi va 8ta gol hamda 9ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi. Uning “Real” bilan amaldagi shartnomasi 2021 yilga qadar imzolangan.
Fikrlar