
“Ayaks” yulduzini transferga tayyorlayapti
Iste’dodli futbolchilarni tarbiyalash va ularni kuchli klublarga transfer qilishi bilan nom qozongan “Ayaks” yozda ham bir necha futbolchisini sotib yuborib, daromad olishni ko‘zlamoqda.
Amsterdamliklar birinchi navbatda, anchadan beri grand klublar og‘iz solayotgan himoyachi Nikolas Talyafikoni transfer qilishga tayyorlanmoqda.
Talyafikoga xaridorlar orasida “Manchester Siti”, “Manchester Yunayted”, “Inter” va “Yuventus” kabi qudratli klublar bor.
Nikolasning niderlandiyaliklar bilan amaldagi shartnomasi 2023 yilning yozigacha imzolangan. Transfermarkt portali bu o‘yinchini 18 million funtga baholaganiga qaramay, “Ayaks” rahbariyati 28 yoshli argentinalik futbolchini 13 million funtga sotib yuborishga rozi.
Fikrlar