Ayni paytda “Bavariya” eng kuchli jamoami? Unga teng keladigan raqib bormi? – Davron Fayziev javob berdi

  • 7 noyabr, 2020, 14:10
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

“Bavariya” bugun Germaniya Bundesligasi 7-turini safarda “Borussiya D”ga qarshi o‘tkazadi. Bellashuvga qiziqish ancha yuqori. Sababi jamoalar turnir jadvalida 15 ochkodan jamg‘argan holda qo‘shhokimlikni yuzaga keltirgan. Ushbu bellashuv oldidan ko‘pchilik “Bavariya” ayni paytda eng kuchli jamoa ekanligini ta’kidlamoqda. Xo‘sh bu fikrlar qanchali to‘g‘ri?

Taniqli sharhlovchi Davron Fayziev SPORTS.uz saytining “youtube”dagi sahifasida bunga javob berdi. Haqiqatdan ham myunxenliklar eng kuchlisimi?

- Menimcha, ayni paytda “Bavariya”ga teng keladigan raqib yo‘q. Hozirgi kunda “Bavariya” eng kuchli klub, bu EChLda rasman tasdiqlandi. Yangi mavsumda ham jamoaning imkoniyatlarini ko‘ryapmiz. Meni hayron qoldirgan jihati – Evropa Chempionlar ligasida g‘olib chiqqan Xans-Diter Flik tarkibni saqlab qoldi. Shu futbolchilar bilan keyingi mavsum har qanday klub bilan raqobat qila oladi. Lekin murabbiy tarkibni yanada kuchaytirdi. Myunxenliklar Evropa transfer bozorida eng faollaridan biri bo‘lishdi. Kuchaytiradigan chiziqning o‘zi yo‘q edi. Ammo Flik yangilarni jalb qildi. Nega? U mavsum oralig‘ida “Bavariya”ga kelganida o‘z g‘oyalariga mos futbolchilarni xarid qilishga vaqti va imkoniyati bo‘lmagan. Germaniyalik mutaxassis ana shunday o‘yinchilarning bir nechtasini jamoaga taklif qildi, ko‘ngli to‘ldi. Endi ko‘ngli to‘lgan Flikni tasavvur qilavering.

2869174-59129488-2560-1440

Agar “Liverpul” o‘zining eng cho‘qqidagi formasiga chiqib olsa, “Bavariya”ga raqobat tug‘dirishi mumkin. Ammo shu turishida qiyin masala. Yurgen Klopp shogirdlari ham maksimal formada emas. Shuning uchun “Liverpul” shu turishida myunxenliklarni yutishiga sal shubham bor. “Real” va “Barselona” formada emas. Asosiy raqobatchilar shu. Ayni paytda “Bavariya” – Evropaning eng kuchli klubi, - dedi Davron Fayziev.

“Borussiya D” – “Bavariya” uchrashuvi bugun Toshkent vaqti bilan 22:30da “Sport” telekanalida jonli efirda namoyish etiladi.

   

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!