Azar "El-klasiko"ni o‘tkazib yuborishi mumkin

  • 05.12.2019 17:55
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

Madridning “Real” klubi yarim himoyachisi Eden Azar “Barselona”ga qarshi bo‘lib o‘tadigan uchrashuvni o‘tkazib yuborishi mumkin.

Aytish kerakki shifokorlar dastlab belgiyalik futbolchini 10 kunda safga qaytishini taxmin qilishgan edi. AS nashri tarqatgan xabarga ko‘ra so‘nggi tekshiruvlar Azarning jarohati jiddiyroq ekanini ko‘rsatgan. U taxminan 4-6 hafta maydonga tusholmasligi mumkin.

Agar yuqoridagi tashxis to‘g‘ri chiqsa, Azar 18 dekabr kuni bo‘ladigan “el-klasiko”ni o‘tkazib yuboradi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!