Azar qancha vaqtga safdan chiqqani ma’lum bo‘ldi
"Real" yarim himoyachisi Eden Azar La Liga 11-turida "Alaves"ga qarshi o‘yinda o‘ng oyoq sonidan jarohat oldi.
Marca nashri xabariga ko‘ra, belgiyalik futbolchining tiklanishi uchun uch hafta ketishi mumkin. Shunday qilib, Azar "Sevilya", "Atletiko", "Shaxtyor" va "Borussiya Myunxengladbax"ga qarshi bahslarda maydonga tusha olmaydi.
Joriy mavsumda Azar klub miqyosida 6 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol kiritdi.



Fikrlar