Azar qaysarlik qilishda davom etmoqda

  • 09.04.2022 01:46
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol

Real" Madrid vingeri Eden Azar faoliyatini yana APLda davom ettirishi mumkin. Bu haqda "Foot Mercato" nashri xabar bermoqda. 

31 yoshli belgiyalik futbolchi xizmatlariga "Arsenal" klubi qiziqiz bildirmoqda. Ingliz klubi vakillari Edenning atrofidagilar bilan uchrashib, kelasi mavsum uni ijaraga olish masalasini muhokama qilmoqchi. 

"Real" uni ijaraga berib yuborib, u formaga kirganidan so‘ng sotish haqida o‘ylamoqda. Shunday bo‘lsa-da, futbolchining o‘zi Madriddan ketishni istamayapti. 

Joriy mavsum Azar La Liga doirasida 17 ta uchrashuvda maydonga tushib, 1 ta golli uzatma muallifiga aylangan.  




Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!