Azar “Real”dan nega keta olmayotgani ma’lum bo‘ldi

  • 27 oktabr, 2022, 11:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

“Real” hujumkor futbolchisi Eden Azar asosiy tarkibdagi joyini yo‘qotganiga qaramay, Madridda ketishga botina olmayapti.

Tecno

Belgiyalik futbolchini jamoa bosh murabbiyi Karlo Anchelotti rotatsiyalarga ham jalb qilmay qo‘ydi. Klub mutasaddilari Azarga yangi ish joyi qidirish bilan band. Biroq, o‘yinchining o‘zi klubdan ketishga shoshilmayapti.

Ma’lum bo‘lishicha, bunga Azarning rafiqasi va besh nafar farzandiga Ispaniya poytaxtida yashash yoqib qolgani sabab bo‘lmoqda. Futbolchining oilasi Madriddagi hayotga shu qadar ko‘nikib qolganki, boshqa joyga ko‘chmoqchi emas.

Azar madridliklar bilan shartnomasi 2024 yilning yarmigacha davom etishini inobatga olib, o‘ynamasa ham mo‘may maosh olib, Madridda yashashga qarshi emas.

31 yoshli futbolchi joriy mavsumda barcha turnirlarda olti marotaba maydonga tushib, o‘z hisobiga bitta gol yozdirib qo‘ydi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Shokirjon Axmadaliyev
27/10/2022 15:48
Бейл2