Azarga nima bo‘lyapti?
“Real” yarim himoyachisi Eden Azar jamoaning bugungi mashg‘ulotlarida ishtirok etmadi.
Belgiyalik futbolchi ertaga “Atalanta”ga qarshi bo‘ladigan EChL 1/8 final javob bahsini o‘tkazib yuborishi mumkin. Bu haqda Marca nashri xabar tarqatmoqda.
Jarrohlik amaliyotini boshdan kechirgan va yaqinda “Elche”ga (2:1) qarshi o‘yinda ma’lum muddat harakat qilgan himoyachi Serxio Ramos esa hech qanday cheklovlarsiz shug‘ullanmoqda.
Azar joriy mavsum “Real” safida jarohati sabab 21 ta o‘yinni o‘tkazib yubordi va bor yo‘g‘i 14 ta o‘yinda ishtirok etdi.
Fikrlar