Azarga zo‘r xaridor chiqdi
Foot Mercato nashrining yozishicha, “Real” yulduzi Eden Azar yozda Angliya premer-ligasiga qaytishi mumkin.
Ayni paytda “Arsenal” belgiyalik futbolchini o‘z safiga qo‘shib olishga tayyorgarlik ko‘ryapti. Ma’lumotlarga qaraganda, “kanonirlar” vakillari 31 yoshli futbolchining agentlari bilan muzokaralarni boshlab yuborgan.
“Real” bosh murabbiyi Karlo Anchelotti kelasi mavsum ham Azarga imkoniyat bermoqchi emas. Biroq, klub prezidenti Florentino Peres Eden o‘zini ko‘rsatishiga ishonmoqda.
Azarning o‘zi shartnomasi yakunlangunga qadar Madridda qolishini bildirib, hali o‘yini qovushib ketiishiga ishonchi borligini ta’kidladi.
Fikrlar