Azarning jarohati qaytalandimi?
"Real" yarim himoyachisi Eden Azar yana individual mashg‘ulotlarga qaytdi. Bu haqda AS nashri xabar tarqatmoqda.
Yuqoridagi manbaga ko‘ra, belgiyalik futbolchi so‘nggi ikki hafta davomida umumiy guruh mashg‘ulotlarida ishtirok etgan bo‘lsa-da, bugun sport zalida shug‘ullangan. Bu jarohatning takrorlanishi bilan bog‘liqmi yoki hujumchi o‘z ustida ishlashga qaror qilganmi, hozircha ma’lum emas.
30 yoshli Azar joriy mavsum "Real" safida 14 ta o‘yinda maydonga tushdi o‘z hisobiga 3 ta gol yozdirib qo‘ydi. Uning madridliklar bilan amaldagi shartnomasi 2024 yilga qadar imzolangan.
“Real” 31 turdan so‘ng La Liga musobaqa jadvalida 2-o‘rinda bormoqda. Zinedin Zidan shogirdlari peshqadam “Atletiko”dan 3 ochko ortda bormoqda.
Fikrlar