Azarning mashinasi jamoadoshlarini hayratga soldi

  • 13.07.2020 13:33
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

“Real” yarim himoyachisi Eden Azar mashg‘ulotga yangi qimmatbaho ulovda kelgani jamoadoshlari va muxlislar e’tiborini tortdi.

Belgiyalik futbolchi Madrid klubida ishlari ko‘ngildagidek kechmayotganiga qaramay, o‘zini o‘zi xursand qilmoqda. U yaqinda Lamborghini Aventador rusumli mashina xarid qildi. Bu model 575 ming dollar turadi. Mashinaning maksimal tezligi soatiga 350 kilometrga teng va u soatiga 100 kilometr tezlikka ega bo‘lish uchun atigi 2,8 soniya vaqt sarflaydi.

Azar joriy mavsumda “Real” tarkibida barcha turnirlarda atigi 19 ta o‘yin o‘tkazdi xolos.  

65-654111_transparent-lamborghini-lamborghini-aventador-s-png-png-download

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!