Azarning “Real”dan xafsalasi pir bo‘ldi

  • 24 mart, 2022, 09:35
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Real”da yulduzlik mavqeini boy bergan Belgiya terma jamoasi etakchisi Eden Azar jamoadagi ahvolidan umuman qoniqmayapti, deb xabar tarqatdi Goal.com sayti.

Tecno

Manbaning ta’kidlashicha, 31 yoshli yarim himoyachi jamoa bosh murabbiy Karlo Anchelottining unga ishonch bildirmayotganidan xafsalasi pir bo‘lgan. Azar jismoniy tayyorgarlik bo‘yicha muammolari ortda qolgani va jamoaga yordam berishga tayyor ekanini uqtirmoqda. Belgiyalik futbolchi “Barselona”ga qarshi o‘tkazilgan va 0:4 hisobida boy berilgan bahsda unga imkon berilmaganidan xafa.

Aslida “Real” Krishtianu Ronaldu “Yuventus”ga o‘tib ketganidan keyin 2019 yilda Azarni katta umidlar bilan transfer qilgan edi. Ronalduning o‘rnini bosishga qodir deb hisoblangan belgiyalik hujumkor futbolchi uchun madridliklar 115 million evro to‘lagan. Aksiga olib, qimmatbaho futbolchi ispan futboliga moslasha olmadi.

Joriy mavsumda Azar Ispaniya chempionatida 17 ta uchrashuvda qatnashib, atigi bitta golli pas oshirdi xolos.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!