Azarning “Santyago Bernabeu”dagi rasmiy tanishtiruv marosimi qachon o‘tkaziladi?

  • 31.05.2019 10:38
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Londonning “Chelsi” klubi vingeri Eden Azar tez orada “Real” Madrid futbolchisiga aylanadi.

Marca nashrining xabar berishicha 28 yoshli belgiyalik futbolchi “qirollik klubi” bilan yaqin kunlar ichida shartnoma imzolaydi. Biroq, uning “Santyago Bernabeu”dagi rasmiy tanishtiruv marosimi 11 iyundan keyin bo‘lib o‘tadi.

Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq ayrim OAVda Azarning tanishtiruv marosimi 3 iyun kuni o‘tkazilishi haqida xabarlar tarqalgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!