Aziz To‘xtaboev: Biz uchun juda alamli o‘yin bo‘ldi

  • 27 noyabr, 2019, 20:50
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 5
  • Futbol
CHERY AUTO

Superliganing 25-turida «Andijon» jamoasi o‘z maydonida bu safar «Qo‘qon-1912»ni qabul qildi. Mazkur to‘qnashuvida esa tomonlar murosa ko‘chasini tanlashdi – 1:1. O‘yindan keyingi matbuot anjumanida esa dastlab «Qo‘qon-1912» bosh murabbiyi Aziz To‘xtaboev ishtirok etdi.

Tecno

- Bugungi o‘yinni o‘zinglar ham ko‘rdinglar, haqiqiy jangovor va derbiga mos uchrashuv bo‘ldi, - deya gap boshladi, To‘xtaboev. - Albatta, bahs tugashiga 10 soniya qolganida o‘z darvozamizdan gol o‘tkazib yuborganimiz juda alamli bo‘ldi. Shuncha sabr qildik-u, ammo yigitlar 10 soniya chidab tura olishmadi. Albatta, «Andijon» jamoasi ham yomon harakat qilmadi. Har doim vodiy klublari – «Navbahor», «Neftchi», «Andijon» va «Qo‘qon-1912» o‘zaro bir-biri bilan o‘ynashganida shunda murosasizlik bo‘ladi. Bugun futbolchilarimizga e’tirozimiz yo‘q. Ular borlarini berib o‘ynashdi. Jamoamiz muxlislariga ham katta rahmat.

- Qo‘qonliklar mezbonlarga qaraganda ustunlikka erishdi desak bo‘ladi. Lekin odatda yutayotgan jamoa a’zolari o‘yinni cho‘zishga urinishadi va bunday paytda jazolanishadi. Bugun ham shu holat o‘z isbotini topgandek. Bunga qanday qaraysiz?

- Bitta vaziyatda darvozabonimiz maydonda yotib olgan holatda o‘yinni cho‘zgan bo‘lishi mumkin. E’tibor bergan bo‘lsangiz, o‘zim ham shogirdlarimga yotib olmasdan tur deb baqirib turdim. Chunki o‘zim ham vaqt cho‘zishni yomon ko‘raman. Bu narsa futbolning ziyoniga ishlaydi. Futbol 90 daqiqa va qo‘shimcha vaqtlarigacha o‘ynaladi. Ba’zi futbolchilar esa buni yaxshi tushunishmaydi. Yotib olgani bilan baribir o‘sha ketgan vaqt qo‘shib beriladi. Lekin qolgan vaziyatlarda yigitlarimiz vaqt cho‘zishgani yo‘q. Qolaversa, bizning tomonimizdan ham hech qachon vaqt cho‘zish bo‘yicha ko‘rsatma bo‘lmagan va bo‘lmaydi ham.

- Jamoangiz g‘alaba qozonayotgan mahalda ko‘plab qulay imkoniyatlardan foydalana olmadi. Aks holda «Qo‘qon-1912» allaqachon o‘yin taqdirini hal qilib qo‘yishi mumkin edi. Ammo oxirgi soniyalardagi gol o‘zingiz aytganingizdek alamli bo‘ldi. O‘sha vaziyatdan kelib chiqib ko‘proq kimga e’tiroz bildirasiz?

- Hech kimga e’tirozimiz yo‘q. Chindan ham golli imkoniyatlardan foydalanishda oqsayapmiz. O‘z maydonimizda OKMKga qarshi uchrashuvda ham juda ko‘plab vaziyatlarga ega bo‘lib ham yutqazib qo‘ydik. Kerak bo‘lsa, o‘shanda hisob 5:3 bo‘lishi kerak edi. Bunda ham men imkoniyatlardan o‘rtacha foydalaganimizda shunday bo‘lardi demoqchiman. Keyin hisoblab chiqsak, raqib darvozasiga 20 tadan ortiq zarba berganmiz. Tan olaylik, o‘sha kuni OKMK darvozaboni ham yaxshi o‘ynadi.

- Bugungi durangni mag‘lubiyatga teng desa bo‘ladimi?

- Futbolda o‘zimiz ham shunday vaziyatga tushib qolishimiz mumkin. Biz shuncha hujum qildik, ammo raqib 90+4-daqiqada gol urdi. Futbol bu hissiyotlarga boy o‘yin. Xohlasak-xohlamasak o‘zimiz ham ko‘chada futbol o‘ynayotib oxirida gol ursak xursandchilik qilib yuboramiz. Raqibga hurmat saqlagan holda aytishim mumkinki, bugun ikki ochko yo‘qotdik. Endi oxirgi turda o‘z maydonimizda «Navbahor»ni mag‘lub etib muxlislarimizni xursand qilishga harakat qilamiz. Albatta, «Andijon»ga ham oxirgi uchrashuvda omad tilayman.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Абдусамат Жураев
27/11/2019 22:32
НАВБАХОР сокканни кил санам КОКОНД га пулла уйинни нима кераги 8 уринми 10 уринми дом СОККА онасинни эмсин
&
Сурхон
27/11/2019 21:40
Вадим Абрамовни арваладзе олдида хурмати чексиз экан.
&
Сурхон
27/11/2019 21:37
Кукон-1912 суперлигада колди. Кейинги уйинларда омадлар тилайман.
Mirali Hcerali
27/11/2019 21:04
яхши уйин булибди афсус ойнаи жахонда олиб бермади кура олмадик
&
Shaymardonov Nurbek Nasimovich
27/11/2019 21:00
sayt hodimlari ishlangla uyin tugagani qachon. hamma uyinlarni. matbuoti chiqishi kerak. Pahtakor Bunyotkor uyinni kurmadim. toshkentli muhlisla. Bunyotkor muhlislari uzlari aytapti uyin shubhali deb uyin kurganla bormi uzi qanday utdi. Nasaf sugdiyona uyinni kurdim. shunchaki. fudbol kurdim holos. boshqa fikr berib bulmaydi