Azmunning Erondagi mol-mulki musodara qilinadi
Sardor Azmunning Erondagi mol-mulki musodara qilinadi. Futbolchi "sionistik rejim va terrorchi AQSh hukumat" bilan aloqadorlikda gumon qilinmoqda. Bu haqida Fars xabar bermoqda.
Manbaga ko‘ra, Eronning Guliston viloyati bosh prokurori 16 kishining ro‘yxatga olingan mol-mulkini musodara qilish jarayoni boshlanganini e’lon qilgan, ular orasida Azmun ham bor. Bosh prokuraturaning ta’kidlashicha, "chet eldagi dushman bilan milliy xavfsizlikka putur yetkazuvchi har qanday aloqa va hamkorlik barcha mol-mulkni musodara qilishga va qonunga muvofiq boshqa huquqiy sanktsiyalarga olib keladi."
Avvalroq OAV Azmun BAA siyosatchilari bilan tushgan suratini e’lon qilgani uchun Eron terma jamoasidan chetlatilgani haqida xabar bergandi.
Fikrlar