
BAA chempionati. Bugun Masharipov jamoasini muhim o‘yin kutmoqda
Bugun BAA chempionati 24-turiga start beriladi. Unda legionerlarimiz harakat qilayotgan "Shabab Al-Ahli" safarda o‘yin o‘tkazadi.
Jaloliddin Masharipov hamda Odil Hamrobekov jamoasi mehmonda "Baniyas"ga qarshi maydonga tushadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan tunda 00:00da start oladi.
Ma’lumot uchun, Dubay klubi ayni damda 43 ochko bilan 3-pog‘onada bormoqda, "Baniyas" esa 49 ochko bilan 2-o‘rinni band etib turibdi.
Eslatib o‘tamiz, "Shabab Al-Ahli" bir necha kun avval OChLdagi ishtirokini yakunlab qaytgandi. Mahdi Ali shogirdlari guruhda 3-o‘rinni egallab, pley-offga chiqish imkoniyatini qo‘ldan chiqardi.
Fikrlar