
BAA chempionati. Otabek Shukurov jamoasi kambek amalga oshirdi
BAA chempionati 3-turidan o‘rin olgan "Sharja" hamda "Al-Vasl" jamoalari o‘rtasidagi o‘yin bo‘lib o‘tdi. Mazkur bahsda maydon egalari 3:2 hisobida g‘alabaga erishdi.
Sharjaliklar safida harakat qilayotgan legionerimiz Otabek Shukurov uchrashuvni boshlang‘ich tarkibda boshladi va to‘liq o‘ynadi.
"Sharja" ayni damda yuz fozilik natija bilan turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda. "Al-Vasl" esa 4 ochko bilan 6-o‘rinda bormoqda.
Fikrlar