BAA klubida o‘ynayotgan Islom tez orada premer-liga klubi bilan shartnoma imzolaydi
BAAning “Al-Ayn” klubi hamda Qozog‘iston terma jamoasi yarim himoyachisi Baurjan Islomxon faoliyatini Rossiya premer-ligasida davom ettirishi mumkin.
Xabarlarga qaraganda, unga "Rubin"dan qiziqishlar mavjud. Tomonlar allaqachon kelishuvga erishib bo‘lishgan, faqatgina bu haqda rasman futbolchi BAA klubini tark etganida e’lon qilinadi.
27 yoshli futbolchi qishda “Zenit”da ko‘rikda bo‘lgan, ammo yakunda piterliklarga ma’qul kelmagan edi.
Qayd etish lozimki, Islomxon Qozog‘iston terma jamoasining eng yaxshi futbolchisi va sardori hisoblanadi.

Fikrlar