BAA qirollik oilasining yana bir a’zosi APL klubi xo‘jayiniga aylanadi

  • 27 may, 2019, 15:53
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 2
  • Futbol
CHERY AUTO

Tez orada "Nyukasl" klubining xo‘jayini o‘zgaradi. Bu haqda The Sun nashri xabar bermoqda.

Tecno

Yuqoridagi manbaaga ko‘ra Birlashgan Arab Amirliklari qirollik oilasi a’zosi hisoblangan shayx Holid bin Zayid Al Naxayyon ushbu APL klubini sotib olish bo‘yicha kelishuvga erishgan. Bu unga 350 million funtga (deyarli 400 million evro) tushadi. Ayrim manbaalarga qaraganda “qarg‘alar”ning hozirgi xo‘jayini Maykl Eshli kecha kerakli hujjatlarni imzolagan.

Ma’lumot uchun, shayx Al Naxayyon "Manchester Siti" klubi xo‘jayini shayx Mansurning amakivachchasi hisoblanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Chelsea_buxara
27/05/2019 16:20
Yanayam kuchli liga bularkanda
Dawson Jack
27/05/2019 16:18
Yaqinda APL Arabian Premier League'ga aylanadi bu ketishda