
Babayan bilan kelishuv amalga oshmadi
“Navbahor” jamoasiga yangi mavsumda kim bosh murabbiy bo‘lishi hammani qiziqtirayotgandi. Bu masalada klub rahbariyatida qator variantlar bor. Ularning orasida Samvel Babayan asosiy nomzodlardan biri bo‘lib turgandi.
Bu borada muzokaralarga kirishgan, lekin kelishuvga erishishi cho‘zilib borayotgandi. Ma’lum bo‘lishicha, “Navbahor” bilan Babayan o‘rtasidagi muzokaralar muvaffaqiyatli yakun topmagan.
Shu xususida Samvel Vyacheslavovichga murojaat qilganimizda, u sports.uz saytiga “Navbahor”ga bormasligini aytdi. Demak, klub rahbariyati boshqa mutaxassislarga e’tibor qaratgan ko‘rinadi. Voqealar rivojini kuzatishda davom etamiz.
Fikrlar