
Babayan xohlagan yana bir o‘yinchi "Navbahor" bilan shartnoma tuzdi
"Navbahor" yangi futbolchilarning transferini e’lon qilishda davom etyapti. Bugun "Bunyodkor"dan Farruh Ikromov bilan shartnoma imzolangandi. Samvel Babayan yana bir o‘zi istagan o‘yinchini qo‘lga kiritdi. "So‘g‘diyona" sharafini himoya qilgan Shahboz Jo‘rabekov ham rasman "Navbahor" a’zosiga aylandi. Bu borada klub matbuot xizmati shunday xabar qiladi:
"Mahoratli himoyachi Shahboz Jo‘rabekov jamoamiz bilan 2 yillik shartnoma imzoladi. Jo‘rabekov 1997 yil 2 fevralda Jizzax shahrida tug‘ilgan. Futbolchilik faoliyatini 2014 yili “So‘g‘diyona”da boshlab, 2022 yilgi mavsum yakuniga qadar mazkur jamoada o‘ynadi.
Shahboz Jo‘rabekov yakunlangan mavsumda jizzaxliklar tarkibida 25 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol urgan holda, 5 ta golga assistentlik qilgan.
Mahoratli himoyachining yangi mavsumda jamoamiz tarkibida yorqin o‘yinlar namoyish etib, “lochinlar”ning zafarlariga o‘zining munosib hissasini qo‘shishiga tilakdoshmiz", - deyiladi "Navbahor" matbuot xizmati xabarida.
Fikrlar