Badavlat shayxlar Ronaldu yoniga 100 million funtga o‘yinchi olib kelmoqchi

  • 19 aprel, 20:13
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

Saudiya Arabistonining eng qudratli klublaridan hisoblangan “An-Nasr” yozda transfer qilinadigan futbolchilar ro‘yxatiga “Chelsi” vakili Moyzes Kaysedoni ham kiritdi.

The Telegraph nashrining ma’lum qilishicha, shayxlar ekvadorlik futbolchini olib kelish uchun 100 million funt sterling miqdorida xarajat qilishga tayyor.

Taniqli jurnalist Ben Jeykobs aslida “aristokratlar” ayni paytdagi eng zo‘r o‘yinchisini qo‘yib yuborishga tayyor emasligini ta’kidlamoqda. Biroq “Chelsi” kelasi mavsum Evropa Chempionlar ligasiga yo‘llanma ololmasa, Kaysedo klubni tark etigi mumkin.

Ayni paytda “An-Nasr”da Krishtianu Ronaldu, Sadio Mane va Emerik Lyaport kabi jahon yulduzlari to‘p tepyapti. Klub qishda 77 million evro evaziga Angliya Premer-ligasining eng zo‘r hujumchilaridan Jon Dyuranni ham olib keldi.

Ta’kidlash joizki, Moyzes Kaysedo joriy mavsumda Premer-liganing barcha o‘yinlarini ilk daqiqalardan boshlagan “Chelsi”ning yagona futbolchisi hisoblanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!