Asosiy mazmunga oʻtish

Badiiy gimnastika. Vakilimiz jahon kubogida 2 ta medalga sazovor bo‘ldi

Baxtiyorjon Toshtemirov
Izohlar: 0

U 2 marta shoxsupaga ko‘tarildi.

Ozarbayjonning Boku shahrida badiiy gimnastika bo‘yicha Jahon kubogining navbatdagi bosqichi yakuniga etdi. Unda ishtirok etgan O‘zbekiston terma jamoasi 2 ta bronza medaliga sazovor bo‘ldi.

Qayd etish joiz, har ikki medalni mahoratli sportchimiz Taxmina Ikromova delegatsiyamiz hisobiga taqdim qildi. Hamyurtimiz qiziqarli bahslar davomida to‘p va tasmadagi mashqlarda shohsupaga ko‘tarildi.

To‘p:
Darya Varfolomeev (Germaniya) – 33.150 – 33.150
Eva Brezalieva (Bolgariya) – 32.950
Taxmina Ikromova (O‘zbekiston)  – 31.800

Tasma:
Stiliana Nikolova (Bolgariya) – 31.300
Eva Brezalieva (Bolgariya) – 31.100
Taxmina Ikromova (O‘zbekiston) – 30.950

Manba: MOQ

Ulashish
SPORTS.uz'ning Telegram'dagi kanaliga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q