Bahodir Jalolov Bolgariyada ilk jangini o‘tkazdi

  • 24.02.2021 23:05
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Hozirgina Bolgariyadagi “Stranja” turnirida eng og‘ir vazn toifasidagi hamyurtimiz Bahodir Jalolov o‘zining ilk jangini o‘tkazdi.

Unga Frantsiya vakili Murad Aliev raqiblik qildi. Katta tajribaga ega hamyurtimiz dastlabki raunddanoq ustunlikni o‘z qo‘liga olishga harakat qildi. Birinchi raundda ko‘plab "klinch" holatlari yuzaga kelgan bo‘lsa-da, aniq zarbalar bobida Jalolov ancha ustunlik qildi. Ikkinchi raundda frantsiyalik bokschi tinmay bosim uyushtirdi. Biroq, barasi samarasiz yakunlandi. Aksincha hamyurtimiz qarshi hujumda uni tuta oldi. 

Uch raundda raqib biroz faollashgandek bo‘ldi. Ammo, hamyurtimizdagi ulkan tajriba qo‘l keldi va haqli ravishda g‘alabaga erishdi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!