Bahodir Jalolov ham jahon chempionatini g‘alaba bilan boshladi

  • 4 may, 2023, 20:41
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Toshkentdagi "Humo arena"dagi boks bo‘yicha erkaklar o‘rtasidagi jahon chempionati davom etmoqda.

Tecno

Toshkent vaqti bilan tahminan 20:25 dan so‘ng +92 kg vaznlilar bahsida Bahodir Jalolov bahraynlik Danis Latipovga qarshi ringga ko‘tariladi.

Bokschilar ringga chiqib kelmoqda. Hamyurtimiz qizil libosda, uning raqibi ko‘k formada harakat qiladi.

Birinchi raund boshlandi.

Bahodir uchlik zarbasi bilan boshladi. Chap qo‘li bilan aylanma zarbasi orqali Jalolov raqibining yuz qismini nishonga oldi. Vakilimiz ring markazini egallashga urinyapti. Hozircha ikki bokschi ham yakkalik zarbalariga e’tibor qaratmoqda. Bahodir yana chap qo‘ldagi kuchli zarbasini o‘tkaza oldi. Hamyurtimiz endi raqibining qorin qismiga ham zarba berdi. Hozircha bahrayonlik bokschi himoyada.

Birinchi raund yakunlandi. Hakamlar Bahodirning ustunligini qayd etdi 5:0.

bahodir

Ikkinchi raund boshlandi.

Bahodir raqibining ochilishini kutmoqda. Danis Latipov esa qo‘llari bilan himoyaga katta e’tibor qaratgan. Nihoyat Bahodir raqibining yana yuz qismiga ikkilik zarbasini yo‘lladi. Klinch... Danis Latipov jeb zarbalari bilan hamyurtimizga hujum qilmoqda. Jalolov ham jeb zarbasini o‘tkaza oldi. Bahodir Jalolov uchlik zarbasini aniq yo‘naltirdi.

Ikkinchi raund yakunlandi. Hakamlar yana Bahodirning ustunligini qayd etdi 5:0. 

Uchinchi raund boshlandi.

Bahodir raqibini bitta qo‘lini oldinga cho‘zib yaqinlashtirmayapti. Vakilimiz uch bor ketma-ket zarbalar seriyasini aniq yo‘lladi. Qarshi hujumda o‘zi ham bitta aniq zarba o‘tkazib yubordi. Klinch... Jalolov yana yakkalik zarbalarini bermoqda. Jeb zarbalari aniq chiqyapti hamyurtimizning. Danis Latipovga nisbatan hisob ochildi. Jang davom etadi.

bahodir-1

Uchinchi raund yakunlandi.  

uchinchi raund yakunlandi. Hakamlar yana Bahodirning ustunligini qayd etdi 5:0. Yakuniy hisob ham 5:0 Bahodir Jalolov g‘alaba qozondi. 

 

 

 

 

 

 

 

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!