
Bahodir Jalolov qozoq bokschisini engib, faoliyatida ilk bor jahon chempioni bo‘ldi (video)
Kecha Ekaterinburgda o‘tayotgan jahon chempionatining final bahslari bo‘lib o‘tganidan xabaringiz bor.
+91 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilgan Bahodir Jalolov hal qiluvchi jangda qozog‘istonlik Kamshibek Konkabaevga qarshi ringga ko‘tarildi. Qiziqarli tarzda kechgan bahs so‘nggida hakamlar bir ovozdan bokschimizning g‘alabasini qayd etishdi.
Shu tariqa, Jalolov terma jamoamiz hisobiga uchinchi oltin medalni qo‘shib qo‘ydi.
Quyida ushbu jangni yana bir bor tomosha qilishingiz mumkin:
Fikrlar