Bahodir Jalolov va Elnur Abduraimov nima sababdan 2 kun ichida jang qilishga majbur bo‘ldi?

  • 12 dekabr, 2020, 11:02
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Superog‘ir vazn toifasida o‘z faoliyatini olib borayotgan hamyurtimiz Bahodir Jalolov (6-0, 6KO) va engil vazn toifasida Elnur Abduraimov (5-0, 5KO) 12 dekabr ( Toshkent vaqti bilan 13 dekabr tongida) kuni o‘zlarining navbatdagi jangini o‘tkazadi.

Tecno

Biz bu borada ularning menejeri Alik Frolov bilan bog‘landik.

"Hozirda jiddiy jang uyushtirish juda qiyin masala bo‘lib qoldi. Aslida, biz ularni Las-Vegasda bo‘lib o‘tadigan boks oqshomida ringa ko‘tarilishini rejalashtirgan edik, lekin shou qoldirildi. Shundan so‘ng, biz 20 dekabr kuni Meksikada jang qilishlari borasida kelishuvga erishdik. Afsuski, ushbu kecha ham 9 dekabr kuni bekor qilindi. Shundan so‘ng, ular 2020 yilni jang bilan yakunlashlari maqsadida eng maqbul yo‘lni tutdik", - dedi Frolov.

Bahodir Jalolov jahonning mashhur nashri tomonidan e’tirof etildi 

O‘zbekistonlik bokschi "Top Rank" bilan shartnomasini bekor qildimi?

Elnur Abduraimovning jang sanasi ma’lum bo‘ldi

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!