
Bahrom engilmas bokschi bilan jang qiladi
Ukraina poytaxti Kiev shahrida tashkil etiladigan professional boks kechasida o‘zbekistonlik charm qo‘lqop ustasi Bahrom Payozov ham ringga chiqadi.
31 yoshli bokschimiz professional ringdagi 32 jangini rossiyalik engilmas bokschi Hasan Baysangurovga qarshi o‘tkazadi.
Professional janglarda 2008 yildan buyon qatnashayotgan dastlabki 21 jangdan 20 tasida zafar quchgan edi. Biroq, so‘nggi paytda Bahromning ishlari yurishmayapti. Ayniqsa, bu yil tajribali bokschimiz so‘ngi beshta jangda raqiblariga imkoniyatni boy berib qo‘ydi.
19 yoshli Hasan Baysungurov esa professional bokschilik faoliyatini 2013 yilda boshlagan va shu paytgacha 12 ta jang o‘tkazib, barchasini o‘z foydasiga hal qilgan. Shulardan to‘rttasida raqiblarini nokautga uchratgan.
Fikrlar