Bakayoko PSJ bilan kelishuvga erishdi
Londonning "Chelsi" klubi yarim himoyachisi Temua Bakayoko PSJ bilan shaxsiy kelishuvga erishdi. Bu haqda Tribal Football nashri xabar tarqatmoqda.
Eslatib o‘tamiz, 24 yoshli frantsiyalik futbolchi o‘tgan mavsumni “Milan” safida ijarada o‘tkazdi. U hozirda “aristokratlar” safiga qaytgan va ular bilan yangi mavsumga tayyorgarlik ko‘rmoqda.
Ma’lumot uchun, Bakayoko o‘tgan mavsum A Seriyada jami 31ta o‘yinda maydonga tushdi va 1ta gol hamda 1ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi. Transfermarkt talqiniga ko‘ra uning narxi 35 mln evroga baholanmoqda.

Fikrlar