Bakayoko yana "Monako"ga qaytishi mumkin

  • 20.08.2019 20:28
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Monako" klubi "Chelsi" yarim himoyachisi Temue Bakayokoni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi. Bu haqda L'Equipe nashri xabar tarqatmoqda.

Yuqoridagi manbaaga ko‘ra monakoliklar 25 yoshli frantsiyalik futbolchini joriy yozgi transferlar davrida sotib olmoqchi yoki ijaraga olmoqchi. Uni shaxsan jamoa bosh murabbiyi Leonardu Jardim tarkibda ko‘rmoqchi.

Ma’lumot uchun, Bakayoko uchun “Monako” begona emas. U 2014-2017 yillarda ushbu jamoa sharafini himoya qilgan va shundan so‘ng 40 mln evro evaziga “Chelsi”ga ko‘chib o‘tgan. U o‘tgan mavsumni “Milan”da ijara asosida o‘tkazdi va 42ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 1ta gol hamda 1ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!