Bakayokoni "Napoli"ga o‘tishga kim ko‘ndirgan?

  • 16.10.2020 11:09
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

Frantsiyalik yarim himoyachi Temua Bakayoko uni “Napoli”ga o‘tishga kim ko‘ndirganini aytdi.

“Bu erda ekanimdan xursandman. Jamoa meni ajoyib kutib oldi. Jamoadoshlarimdan ham xursandman. “Napoli”ga o‘tishga meni Gattuzo ko‘ndirdi”, - dedi Bakayoko.

Transfer huquqi "Chelsi"ga tegishli bo‘lgan 26 yoshli Bakayoko neapolliklar safida mavsum oxirigacha ijara asosida to‘p suradi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!