
Balotelli bugun "Breshiya" a’zosiga aylanishi mumkin
Italiyalik forvard Mario Balotelli "Breshiya" klubida faoliyatini davom ettirishi mumkin.
29 yoshli futbolchi "A" Seriya jamoasi bilan 3 yillik bitimga imzo chekadi va soliqlardan tashqari yiliga 3 mln evro maosh oladi.
Shartnomada keltirilgan bandga ko‘ra, jamoa "B" Seriyaga tushib keadigan bo‘lsa, bitim bekor qilinadi.
Agarda, "Breshiya" ikki mavsum davomida "A" Seriyada qolsa, uchinchi mavsum Marioning maoshi soliqlardan tashqari 4,5 mln evroga ko‘tariladi.
Fikrlar