
Balotelli: "Marsel"da qolishni xohlayman
"Marsel" forvardi Mario Balotelli o‘zining kelajak faoliyati haqida to‘xtalib o‘tdi.
“Mening klub bilan amaldagi shartnomam mavsum yakunida o‘z nihoyasiga etadi. Lekin, bu erda meni hamma narsa qoniqtiryapti va men shu erda qolishni xohlayman”, - deydi italiyalik futbolchi.
Eslatib o‘tamiz, Balotelli “Marsel” safiga 23 yanvar kuni erkin agent sifatida kelib qo‘shilgan edi. U o‘tgan davr mobaynida jami 6ta o‘yinda maydonga tushib, raqiblari darvozasiga 4ta gol urishga erishdi.
Fikrlar