Balotelli "Marsel"ga shart qo‘ymoqda

  • 1 aprel, 2019, 15:42
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

“Marsel” forvardi Mario Balotelli klub rahbariyatiga jamoadan ketish variantlarini ko‘rib chiqayotganini ma’lum qilgan.

L’Equipe nashri tarqatgan xabarga ko‘ra italiyalik futbolchi jamoa rahbariyatiga 2ta shart qo‘ygan. Uning so‘zlariga ko‘ra agar “Marsel” mavsum yakunlariga ko‘ra Chempionlar ligasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritmasa, u boshqa klubga o‘tib ketadi.

Balotellining ikkinchi sharti bu maosh masalasida bildirilgan. U maoshining oshirilishini talab qilmoqda. Biroq, uning bu talabi “Marsel” rahbariyati tomonidan darhol rad etildi. Ta’kidlash kerakki, uning ayni damdagi yillik maoshi 4 mln evroni tashkil etadi.

Ma’lumot uchun, Balotelli “Marsel” safiga joriy yilning yanvarida erkin agent sifatida kelib qo‘shilgan edi. U o‘tgan davr mobaynida 9ta o‘yinda maydonga tushdi va 7ta gol urishga erishdi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi mavsum yakunlangach o‘z nihoyasiga etadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!