Balotelli: Men robot emasman, haqorat va xo‘rliklardan charchadim
"Marsel" klubi forvardi Mario Balotelli Italiya terma jamoasidan bo‘ladigan chaqiruvni rad etishi mumkinligiga sha’ma qildi.
“So‘nggi 3 yil davomida terma jamoaga qaytishga doim tayyor edim. Ammo endi haqorat va xo‘rliklardan charchaganimni tushunib etdim. Chunki men robot emasman. Men barcha tanqidlarga javob bera olmasligim mumkin, ammo, men hammasini bilib, ko‘rib turibman. Bular meni toqatimni toq qilmoqda”, - deydi Balotelli.
Eslatib o‘tamiz, 28 yoshli futbolchi Italiya terma jamoasi safida 2010 yildan buyon to‘p surib kelmoqda. O‘tgan davr mobaynida u “Skuadra Adzurra” safida jami 36ta o‘yinda ishtirok etdi va o‘z hisobiga 14ta gol yozdirib qo‘yishga erishdi.

Fikrlar