Balotelli yangi mavsumni A Seriya debyutanti safida boshlashi mumkin

  • 02.08.2019 21:52
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

Italiyalik hujumchi Mario Balotelli yana Italiya A Seriyasiga qaytishi mumkin. Bu haqda La Gazzetta dello Sport nashri xabar bermoqda.

Yuqoridagi manbaaga ko‘ra 28 yoshli futbolchi qisqa muddatli tanaffusdan so‘ng yana kuchlilar safiga qaytgan "Verona" futbolchisiga aylanishi mumkin. Ta’kidlash kerakki, Balotelli boshqa takliflar yo‘qligi bois maoshining kamayishiga ham rozi bo‘lishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, Balotellining so‘nggi jamoasi “Marsel” klubi bo‘lgan edi. Ayni damda u erkin agent hisoblanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!