
Balotelli yangi yil kuni avtohalokatga uchradi (FOTO)
Italiyaning "Breshiya" klubi forvardi Mario Balotelli yo‘l-transport hodisasiga uchradi.
Gap shundaki italiyalik futbolchi yangi yil kechasini tungi klubda nishonlab qaytayotganida o‘zining Fiat 500 Abarth avtomobilida yo‘l to‘siqlariga urilgan.
Shu kuni rulda Balotellining do‘sti bo‘lgan. Avtohalokat natijasida hech kim jabrlanmagani aytilmoqda.
Ma’lumot uchun, 29 yoshli Balotelli bu mavsum "Breshiya" safida 12 ta o‘yinda maydonga tushdi va 4 ta gol urishga erishdi.
Fikrlar