Balotellini Braziliyaga chorlashmoqda

  • 5 avgust, 2019, 15:31
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

Italiyalik mashhur hujumchi Mario Balotelli faoliyatini Braziliya chempionatida davom ettirishi mumkin.

Sky Italia nashri muxbiri Janluki Di Martsioning xabar berishicha 28 yoshli futbolchiga "Flamengo" klubidan jiddiy qiziqish paydo bo‘la boshlagan. Braziliya grandi ayni damda u bilan muzokaralar olib bormoqda.

Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq unga A Seriyaga qaytgan "Verona" klubidan ham qiziqishlar mavjud ekanligi haqida xabarlar tarqalgan edi.

Ma’lumot uchun, Balotellining so‘nggi jamoasi “Marsel” klubi bo‘lgan edi. Uning marselliklar bilan shartnomasi yakunlangan va ayni damda u erkin agent hisoblanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!