"Barsa" futbolchisi chempion jamoaga ketmoqchi
«Barselona» yarim himoyachisi Mark Kasado faoliyatini Italiyada davom ettirishi mumkin. Bu haqida jurnalist Mikel Blaskes xabar berdi.
Manba ma'lumotiga ko‘ra, ispaniyalik futbolchiga «Inter» jamoasi jiddiy qiziqish bildirmoqda.
Saudiya Arabistonining «Al-Hilol» klubidan moliyaviy jihatdan ancha manfaatli taklif bo‘lishiga qaramay, Kasado uchun asosiy ustuvor yo‘nalish – Yevropa chempionatlarida qolish.
Xabar qilinishicha, «Barselona» yarim himoyachisini 40 million yevro evaziga sotishga tayyor. Kasadonig o‘ziga ham «Inter» varianti ma'qul kelmoqda va shartnoma shartlari bo‘yicha jiddiy to‘siqlar kutilmayapti.

Fikrlar