“Barsa”, “Real” va “Yuve” Chempionlar ligasida o‘ynamaydi!

  • 26 may, 2021, 09:20
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

UEFA mutasaddilari Evropa Superligasi loyihasidan chiqishdan bosh tortayotgan yangi turnir tashkilotchilari – “Barselona”, “Real” va “Yuventus”ni kelasi mavsum Chempionlar ligasidan chetlatish bo‘yicha ish boshladi.

Tecno

Bu klublar Evropaning eng nufuzli musobaqasidan chetlatilishdan tashqari, katta miqdorda jarima to‘lashga majbur qilinadi.

Ma’lumki, “ko‘hna qit’a”ning eng qudratli 12 klubi 19 aprel kuni yangi Superliga tashkil etilganini ma’lum qilgandi. FIFA va UEFA bosimi ostida ulardan 9 tasi yangi loyihadan voz kechdi. Faqatgina yuqorida nomi keltirilgan uch klub, o‘z fikrida sobit turibdi.

7 may kuni UEFA Superligadan chiqqan klublar 15 million evro miqdorida xayriya puli to‘lashi va tashkilot shafeligidagi musobaqalardan olgan daromadining 5 foizini qaytarishi haqida qaror qabul qilgandi.

Agar UEFA “Barselona”, “Real” va “Yuventus”ga sanktsiya qo‘llasa, bu klublar masalani Sport arbitraj sudiga ko‘tarmoqchi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!