
“Barsa” 100 million evroga o‘yinchi sotadi
“Barselona” xo‘jayinlari klubni moliyaviy ahvolini barqarorlashtirish uchun yozda bir necha futbolchilarni sotib yuborish bo‘yicha bir to‘xtamga keldi.
Taniqli jurnalist Xerard Romero kataloniyaliklar mavsum yakunlanganidan keyin transferlardan 100 million evro ishlab olishni rejalashtirayotgani haqida yozdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, “Barselona” o‘z tarbiyalanuvchisi Ansu Fatini “Manchester Yunayted”ga transfer qilishga tayyorlanmoqda. 20 yoshli futbolchining o‘zi Kataloniyada qolishni istayotgani inobatga olinmayapti.
Shuningdek, yozda markaziy himoyachi Andreas Kristensen, hujumkor futbolchilardan Rafinya Dias va Ferran Torres bo‘yicha takliflar ham ko‘rib chiqiladi.
“Barselona” Lionel Messini ortga qaytarish uchun maoshlar fondini qisqartirish maqsadida bir necha futbolchisi bilan xayrlashishga qaror qilgan.
Fikrlar