
“Barsa” Angliyaga fubolchi jo‘natadi
“Everton”ni qabul qilib olgan taniflik murabbiy Rafael Benites yozgi transferlar davrida sotib olinadigan birinchi futbolchi nomini oshkor qildi.
Ispaniyalik mutaxassis yangi jamoasida “Barselona” o‘yinchisi Kleman Langleni ko‘rmoqchi.
Kataloniyaliklar ham tarkibni tozalash va maoshlar fondini qisqartirish maqsadida bir guruh futbolchilar, xususan, Langle bilan ham xayrlashishga tayyorligini bildirmoqda.
26 yoshli Langle o‘tgan mavsumda Ispaniya chempionatida 33 ta uchrashuvda maydonga tushib, bitta gol urdi.
Fikrlar