
“Barsa” Ansu Fatiga xunuk xabar aytdi
“Barselona” rahbariyati o‘tgan mavsumni ijara asosida “Brayton”da o‘tkazgan Ansu Fati bo‘yicha rejasini o‘zgartirib, 21 yoshli futbolchiga jamoa safida o‘zini ko‘rsatish uchun imkon berishga qaror qilgan edi.
Kataloniya superklubi matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, Ansu Fati mavsumoldi tayyorgarlik mashg‘ulotlarining birida oyog‘idan jarohat olgan.
Endi Ansu Fati tayyorgarlik ko‘rish o‘rniga konservativ davo usuli orqali jarohatdan qutilish bo‘yicha ishlaydi. Tiklanish jarayoni qancha vaqt olishi hozircha noma’lumligicha qolmoqda.
Klub tarbiyalanuvchisi bo‘lgan Ansu Fati o‘z davrida Lionel Messining vorisi sifatida e’tirof etilgan. Yosh o‘yinchi zo‘r natijalarni qayd etgani ham bor gap. Biroq keyinchalik ketma-ket og‘ir jarohat olgan hujumkor futbolchi hali ham o‘zi ko‘rsatgan yuqori darajaga chiqa olgani yo‘q.
Fikrlar